platina.uz

Tramp va Putin deyarli 2,5 soat suhbatlashdi: maʼlumotlar

Rossiya va Ukraina energetika infratuzilmalariga zarba berishni 30 kunga toʻxtatadi. 

Jahon
19-mart, 8:52
Tramp va Putin deyarli 2,5 soat suhbatlashdi: maʼlumotlar

18 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp oʻzaro telefon suhbati oʻtkazdi.

Tafsilotlarga koʻra, Vladimir Putin Donald Trampga 19 mart kuni Rossiya va Ukraina tomonlari oʻrtasida 175 ga 175 mahbus almashishi haqida maʼlum qildi. Shuningdek, 23 nafar ogʻir yaralangan ukrainalik harbiy xizmatchilar ham topshiriladi.

30 kunlik otashkesim gʻoyasi kontekstida Rossiya butun jangovar aloqa chizigʻi boʻylab mumkin boʻlgan oʻt ochishni toʻxtatish rejimini kuzatish bilan bogʻliq masalalarni belgilab berdi.

Putin Rossiya tomoni taslim boʻlgan taqdirda Ukraina Qurolli Kuchlari askarlarining hayoti va Rossiya qonunlari va xalqaro huquq normalariga muvofiq munosib munosabatda boʻlishini kafolatlashini tasdiqladi, deyiladi Kreml xabarida.

Rossiya prezidenti Donald Trampning Rossiya va Ukrainaning energetika infratuzilmasiga zarba berishdan 30 kun davomida oʻzaro voz kechishi haqidagi gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi va harbiylarga shunday buyruq berganini aytdi.

Putin Donald Trampning Qora dengizda navigatsiya xavfsizligi boʻyicha tashabbusni amalga oshirish gʻoyasiga ijobiy javob bergan.

Lekin asosiy masala, 30 kunlik sulh boʻyicha tezkor kelishuv haqida gap-soʻz boʻlmagan.

Ukraina pprezidenti Vladimir Zelenskiy esa Putinning soʻzlariga qaramasdan Ukraina infrastrukturasiga hujumlar boʻlayotgani haqida gapirdi.

Kreml xabar berishicha, Tramp bilan suhbatda Putin “mojaro avj olishining oldini olish va uni siyosiy-diplomatik yoʻllar bilan hal qilishga harakat qilishning asosiy sharti xorijdan harbiy yordamni toʻliq toʻxtatish va Kiyevga razvedka maʼlumotlarini taqdim etish boʻlishi kerakligini” taʼkidlagan.

Ammo Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Putin suhbatda bunday talablar qoʻymaganini aytdi.

"Biz yordam haqida umuman gaplashmadik. Koʻp narsalarni gaplashdik, ammo yordam hech qachon muhokama qilinmadi", - dedi AQSh rahbari.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+