platina.uz

Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonini yakunlash choralari muhokama etildi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Siyosat
19-mart, 20:30
Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonini yakunlash choralari muhokama etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Mamlakat investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini yakunlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish, xorijdagi yetakchi taʼlim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak Oʻzbekiston investitsiya salohiyati "roud-shousi" va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetakchi xorijiy kompaniyalar va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda yuqori saviyada oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Toshkent xalqaro tijorat sudini ishga tushirishning amaliy jihatlari, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini mustahkamlash, iqtisodiy rivojlanish sohasida fundamental tadqiqotlar olib borish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga toʻxtalib oʻtildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+