Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda eng katta mudofaa byudjetiga ega deb topildi
Undan keyingi oʻrinlarni Qozogʻiston va Turkmaniston egalladi.

Global Firepower 2025 hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi oʻrinda deb topildi
Mamlakat xarajatlari 2,8 milliard dollarni tashkil etadi.
2 milliard dollarlik mudofaa xarajatlari bilan Qozogʻiston ikkinchi pogʻonani egalladi. Turkmaniston 1,1 milliard dollar bilan 2-oʻrinda.
Eng kam mudofaa xarajatlari Qirgʻiziston (221,8 million dollar) va Tojikistonda (446 million dollar) kuzatilgan.
Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti maʼlumotlariga koʻra, global mudofaa xarajatlari bir yil ichida 2023 yildagi 2,24 trillion dollardan 2024 yilda 2,46 trillion dollargacha oshgan.
Dunyodagi oʻn beshta eng yirik mudofaa byudjeti umumiy yigʻindisi 2 trillion dollardan sal kam boʻlib, shundan 968 milliard dollar (deyarli yarmi) faqat Qoʻshma Shtatlarga ketadi.
Qolgan oʻn toʻrtta davlatning umumiy mudofaa byudjeti 1 trillion dollardan sal koʻproqni tashkil etadi, bu Qoʻshma Shtatlardan atigi 5,1 foizga koʻp.
Harbiy xarajatlar boʻyicha Xitoy 235 milliard dollarlik byudjet bilan ikkinchi, Rossiya esa 145,9 milliard dollar bilan uchinchi oʻrinda turadi.
Biroq, xarid qobiliyati paritetini hisobga olgan holda, Xitoyning tuzatilgan mudofaa byudjeti 477 milliard dollarni, Rossiyaniki esa 461 milliard dollarni tashkil qiladi.