platina.uz

Kichik korxonalarni tugatish jarayoni soddalashtiriladi

Fermerlarning soliqdan qarzini vaqtida toʻlay olmagani uchun yigʻilib qolgan 1 trillion soʻmlik penyani undirishdan voz kechiladi. 

Iqtisod
19-mart, 12:24
Kichik korxonalarni tugatish jarayoni soddalashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.

Hozirda barcha toifadagi tadbirkorlarga faoliyatini tugatish uchun bir xil talab belgilangan. Yaʼni, kattami-kichikmi, barchasi moliyaviy auditdan oʻtishga majbur. Oqibatda, ixtiyoriy tugatishga ariza bergan minglab kichik korxonalar qachon tekshiruvchi kelib, auditdan oʻtkazishini kutib turibdi.

Shu bois bu jarayon ham soddalashishi eʼlon qilindi. Oxirgi uch yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan oshmagan, soliqdan qarzi boʻlmagan korxonani ixtiyoriy tugatishda tekshiruv oʻtkazilmaydi.

2028 yil 1 yanvarga qadar QQS va foyda soligʻi stavkasi oshirilmasligi belgilab qoʻyilgan.

"Endilikda kichik va oʻrta biznesga qoʻshimcha talab va majburiyat yuklaydigan normativ hujjatlar qabul qilishga ham uch yillik moratoriy eʼlon qilinadi.

Fermerlar uchun ham muhim yangilik – soliqdan qarzini vaqtida toʻlay olmagani uchun shu paytgacha yigʻilib qolgan 1 trillion soʻmlik penyani undirishdan voz kechiladi", - dedi Prezident.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+