Jon Kennedi oʻldirilishi bilan bogʻliq barcha hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi
Prezident Tramp "odamlar bu hujjatlarni koʻrishni oʻnlab yillar kutishganini" aytdi.

AQSh Milliy arxivi prezident Donald Trampning buyrugʻiga asosan sobiq prezident Jon Kennedining oʻldirilishi bilan bogʻliq barcha maxfiy hujjatlarni eʼlon qildi.
Tramp bir kun avval “odamlar bu hujjatlarni koʻrishni oʻnlab yillar kutishganini” aytdi.
Jon va Robert Kennedi va Martin Lyuter Kingning oʻldirilishi bilan bogʻliq minglab fayllarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi buyruq prezident lavozimiga kirishganidan koʻp oʻtmay imzolandi.
CNN telekanali eslatishicha, Kennedi oʻldirilishi bilan bogʻliq fayllarning muhim qismi avvalgi prezident Jo Bayden maʼmuriyati davrida allaqachon nashr etilgan.
Hujjatlarga kirish arxivning rasmiy veb-saytida, shuningdek, bosma shaklda yoki analog tashuvchilarda mavjud boʻladi.
"Jon Kennedi oʻldirilishi haqidagi faylda suiqasd bilan bogʻliq olti million sahifadan ortiq hujjatlar mavjud. Bu toʻplamning katta qismi maxfiylikdan chiqarildi va hozir jamoatchilik ham shaxsan, ham internet orqali tanishish mumkin", - deyiladi bayonotda.