platina.uz
Jamiyat

Janubiy Koreyada ilk bor oʻzbekistonliklarga soddalashtirilgan tartibda viza berish koʻzda tutilmoqda

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev va Ulsan shahri meri Kim Du Gyom oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Janubiy Koreyada ilk bor oʻzbekistonliklarga soddalashtirilgan tartibda viza berish koʻzda tutilmoqda

2025 yilning 17 mart kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev va Ulsan shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda kadrlar salohiyatini rivojlantirish, Oʻzbekistondan mehnat resurslarini shahardagi yirik sanoat obʼektlariga jalb etish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kim Du Gyom Koreya tarixida ilk bor Oʻzbekiston fuqarolariga shahar meriyasi orqali soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari koʻzda tutilayotgani haqida xabar berdi.

Xususan, Ulsan shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolari uchun bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda.

Bitiruvchilar uch oylik kasbiy tayyorgarlik va til oʻrganish kurslarini tamomlagandan soʻng mehnat vizasi olinadi va ishga joylashtiriladi. Bunday mexanizm pilot loyiha sifatida birinchi marta qoʻllanilmoqda.

Koreya meri, agar natija ijobiy boʻlsa, boshqa shaharlar ham Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu mexanizmni joriy etishi mumkinligini tushuntirdi.

Koreya tomoni Oʻzbekiston tomonining Ulsan korxonalarida Oʻzbekiston fuqarolarini oilalari bilan birgalikda, agar ular noqonuniy holga kelib qolmagan boʻlsa, tashkiliy ravishda ishga joylashtirish imkoniyati haqidagi soʻrovini koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Oʻzbekiston fuqarolarini Koreya iqtisodiyotining sanoat va boshqa tarmoqlariga ishga jalb etish boʻyicha hamkorlik qilish boʻyicha qator kelishuvlarga erishildi, deyiladi TIV xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid