platina.uz
Jamiyat

TEMU Oʻzbekistonda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtdi

Avval ushbu marketpleysga kirish 20 martdan cheklanishi eʼlon qilingandi. 

TEMU Oʻzbekistonda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtdi

Xitoyning TEMU marketpleysi Oʻzbekistonda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar qildi.

Qoʻmita xabariga koʻra, marketpleys Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi TEMU Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtmagani sababli unga kirish cheklanishi xabar qilgandi. Cheklov 2025 yil 20 martdan amal qilishi kutilayotgandi.

Aholidan ushbu marketpleysdan savdo qilmaslik, mavjud buyurtmalarni bekor qilish soʻralgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid