platina.uz
Jamiyat

Majburiy ovoz berilgan loyihalar "Tashabbusli byudjet"dan chetlatiladi

Jarayon doirasida bunday tarzda ovoz berishga jalb etish majburiy mehnat sifatida tasniflanadi. 

Majburiy ovoz berilgan loyihalar "Tashabbusli byudjet"dan chetlatiladi

"Tashabbusli byudjet"da majburiy ovoz toʻplangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va mmoliya vazirligi xabar berdi.

Hozirda “Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holatlari yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Mazkur holatlar tegishli vakolatli organlar tomonidan oʻrganilib, haqiqatan ham ushbu maktabda xodimlar majburiy ovoz berishga jalb etilgani tasdiqlangan.

Shu munosabat bilan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur maktabda majburiy ovoz toʻplangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yuzasidan tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborildi.

Eslatib oʻtamiz, “Tashabbusli byudjet” jarayoni doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish — majburiy mehnat sifatida tasniflanishi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid