platina.uz
Jamiyat

Adliya vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

Noʻʼmon Muhammadiyev shu paytgacha Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlayotgandi. 

Adliya vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Noʻʼmon Usmonovich Muhammadiyev adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Noʻʼmon Muhammadiyev 1982 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 2004 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan.

Keyinchalik mazkur boshqarmada yetakchi va bosh maslahatchi boʻlgan. 2009–2013 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.

2016–2023 yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shu jumladan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Tayinlovga qadar (2023 yildan) Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid