Qoraqalpogʻiston Suv xoʻjaligi vaziri tayinlandi
Baxtiyar Yusupov avval Suv xoʻjaligi vazirligida bir qator lavozimlarda ishlab kelgan.

Yusupov Baxtiyar Abdullayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Joʻqorgʻi Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Baxtiyar Yusupov Suv xoʻjaligi vazirligida bir qator lavozimlarda ishlab kelgan.
Bungacha suv xoʻjaligi vazirligiga Juzbayev Baxtiyar Yerganiyevich rahbarlik qilayotgandi.