platina.uz
Jamiyat

Oʻzini oʻzi isituvchi xonadonlar ham markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulanadi

Issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun pasaytirilgan tariflarni 2030 yilgacha tannarx darajasiga yetkazish koʻzda tutilmoqda. 

Oʻzini oʻzi isituvchi xonadonlar ham markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulanadi

Bir yoki ikki konturli qozonlar bilan istiluvchi xonadonlar ham markazlashgan tizimga ulanadi.

“Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-100-son, 11.03.20225 y.) qabul qilindi.

Unda uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror taʼminlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning kelgusi 5 yildagi asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi. Jumladan, markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulanmagan toʻrt va undan yuqori qavatli koʻp kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonxonalar qurish moʻljallanmoqda.

Shu va boshqa muqobil texnologiyalarni joriy etish hisobiga bir xonadonning gazga boʻlgan talabini kamida 20 foizga kamaytirish koʻzda tutilmoqda, deyiladi qarorda.

Issiqlik tizimini rekonstruksiya qilish uchun xalqaro moliya institutlaridan 257 million dollar jalb etiladi.

Qarorda Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasidan 143 million dollar qarz oʻzlashtirish ham aytib oʻtilgan.

"Issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun pasaytirilgan tariflarni 2030 yilgacha tannarx darajasiga yetkazish koʻzda tutilmoqda. Tasavvur qilishingiz uchun, 2024 yil sentabr holatiga Toshkent shahrida tannarxga yetishi uchun tariflar kamida 5,5 karra oshishi kerak", deya yozadi iqtisodchi Otabek Bakirov.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid