Navoiy viloyatiga prokuror tayinlandi
Abduqahhor Mullajonov Toshkent viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Navoiy viloyatiga prokuror tayinlandi.
Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Mullajonov Abduqahhor Fayzulloyevich Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Abduqahhor Mullajonov tayinlovga qadar Toshkent viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Maʼlumot uchun, u Markaziy bank sobiq raisi Fayzullo Mullajonovning oʻgʻlidir.
Eslatib oʻtamiz, Navoiyning avvalgi prokurori Azamat Mirzayev Toshkent viloyatiga oʻtkazilgandi.