platina.uz
Jamiyat

Bir qator tumanlarning master-rejalari “yashil” tamoyillar asosida ishlab chiqilmoqda

Bu yondashuv mahalliy manfaatdor tomonlarni qarorlar qabul qilish jarayonlariga jalb qilish va hududiy rivojlanish tashabbuslarida oʻz soʻzlarini aytishga imkon beradi.

Bir qator tumanlarning master-rejalari “yashil” tamoyillar asosida ishlab chiqilmoqda
Chimboy tumanida amalga oshiriladigan loyihalar muhokamasi

Qoraqalpogʻistonning Chimboy va Amudaryo, Qashqadaryoning Mirishkor, Buxoroning Gʻijduvon va Romitan tumanlarining kompleks iqtisodiy rivojlanish master-rejalarini tajriba-sinov tariqasida “yashil” tamoyillar asosida ishlab chiqish belgilangan edi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “yashil” tamoyillar asosida master-rejalarni ishlab chiqmoqda. Master-rejalar doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni aniqlashda instrument sifatida davlat-xususiy sektor muloqotlaridan (PPD – Public Private Dialogue) foydalanilmoqda.

Amudaryo tumanida oʻtkazilgan davlat-xususiy sektor muloqoti

Iqtisodiy rivojlanishdagi muammolarni hal qilish va imkoniyatlarni aniqlashda davlat va xususiy sektor vakillari oʻrtasidagi muloqotlar muhim ahamiyat kasb etib, bunday tadbirlar qarashlar, ustuvorliklar, maqsadlar va gʻoyalarni almashish uchun hukumat va xususiy sektor oʻrtasidagi rasmiy yoki norasmiy ochiq muloqot mexanizmi hisoblanadi. Mazkur yondashuv mahalliy manfaatdor tomonlarni qarorlar qabul qilish jarayonlariga jalb qilish va hududiy rivojlanish tashabbuslarida oʻz soʻzlarini aytishga imkon beradi.

Hozirgacha Mirishkor, Chimboy va Amudaryo tumanlarida aholi, tadbirkorlar va mahalliy hokimlik vakillari bilan davlat-xususiy sektor muloqoti uchrashuvlari oʻtkazildi. Mahalliy manfaatdor tomonlar takliflari negizida loyihalar roʻyxati shakllantirilib, drayver yoʻnalishlar va “yashil” tamoyillar asosida amalga oshiriladigan pilot loyihalar aniqlab olindi.

Mirishkor tumani boʻyicha oʻrganishlar

Mirishkor tumanining master-rejasini ishlab chiqish yakuniy bosqichda boʻlib, xalqaro ekspertlar bilan birga tumanning mavjud salohiyatidan kelib chiqib, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi xizmatlarni yoʻlga qoʻyish, infratuzilmani yaxshilash va mehnat resurslarini rivojlantirish yoʻnalishlari drayverlar sifatida belgilab olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid