Aybni tan olganlik aybdor qilishga asos boʻlmaydi
Faqat bu holatda shaxsning oʻz aybini tan olgani unga qarshi yagona dalil boʻlishi kerak.

Agar shaxsning oʻz aybini tan olgani unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
Senatning navbatdagi majlisida Jinoyat-protsessual kodeksi hamda “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi haqidagi qonun koʻrib chiqildi.
Shuningdek, sud jarayonida ishtirok etayotgan guvoh oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi koʻrsatma bermaslik huquqi joriy etilmoqda.
Qonun bilan sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini toʻxtatib turish, boshqa lavozimga oʻtkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga koʻra yoʻl qoʻyilishi joriy qilinmoqda. Sudya vakolatiga va odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi hamda ularning hisobdor emasligi belgilanmoqda.
Oliy sudning qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish doirasi aniqlashtirilib, faqat oʻz vakolatlari doirasida masalalar kiritishi koʻrsatilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. Endi uni prezident imzolashi kerak.