platina.uz
Jamiyat

Yirik tashkilotlarning xorijiy avtomobillari sotuvga qoʻyilmoqda

Prezident administratsiyasi transport qismi balansida boʻlgan CADILLAC, “Agroinspeksiya” balansidagi Toyota Land Cruiser avtomobili auksionga chiqarilgan.

Yirik tashkilotlarning xorijiy avtomobillari sotuvga qoʻyilmoqda

Oʻzbekistonda yirik davlat tashkilotlarining xorijiy avtomobillari auksionda sotila boshladi.

Masalan, E-auksion orqali Prezident administratsiyasi transport qismi balansida boʻlgan CADILLAC avtomobili 246 mln soʻm boshlangʻich narx bilan savdoga chiqarilgan. Savdo 2025 yil 25 mart kuni oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Prezidenti administratsiyasi Transport qismi savdoga qoʻyilayotgan avtotransport vositalariga nisbatan taqiq va jarimalar yoʻqligini bildiruvchi kafolat xatini imzolagan.

CADILLAC avtomobili bilan birga boshqa vositalar, jumladan Mercedez Benz 350 S W221 ham sotuvga qoʻyilgan. Uning qayta belgilangan narxi 245 mln soʻmni tashkil etadi.

“Agroinspeksiya” balansidagi Toyota Land Cruiser avtomobili qariyb 471 mln soʻm boshlangʻich narx bilan savdoga chiqarilgan.

Tashkilot masʼullari chindan ham mazkur avtomobil sotilayotganini tasdiqlagan, istagan odam uni sotib olishi mumkin. Savdo 14 aprel kuni oʻtkazilishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq bosh vazir Abdulla Aripov davlat rahbari topshirigʻidan keyin Malibu avtomobilidan foydalanayotgani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid