Xorazm viloyati IIBga rahbar tayinlandi
U avval Yunusobod tumani boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan.

Xorazm viloyati IIB rahbari oʻzgardi.
Shermuhamedov Abdumajid Mavlonovich – Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Polkovnik Abdumajid Shermuxamedov tayinlovga qadar Toshkent shahar Yunusobod tumani boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, Xorazm viloyati IIBBning avvalgi rahbari Ravshan Sultonxodjayev Toshkent shahar IIBB rahbari boʻlgandi.