Toshkentda oziq-ovqat narxi umumiy holatda pastladi
Oʻzimiznikidan qariyb 2 baravar arzon Pokiston kartoshkasi importi hisobiga bu mahsulot narxi sezilarli kamaygan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025 yilning 13 mart holatiga Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishini koʻrib chiqdi.
Monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasayganligini koʻrsatdi.
Xususan, kartoshkaning minimal narxi 19,8 foiz, sariq piyozniki 10,3 foiz, qizil sabziniki 3,4 foiz, tuxumniki 2,1 foiz, bananniki 0,9 foiz, kungaboqar yogʻiniki 0,6 foiz pasaygan.
Kartoshka narxi pasayishiga sabab Pokistondan kelayotgan kartoshka sabablidir. Oʻzimizda yetishtiriladigan kartoshkadan qariyb 2 baravar arzonga tushmoqda.
Shuningdek, 7 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, pomidor narxida eng katta oʻsish qayd etilgan. Aytilishicha, bu mavsumiy omil bilan bogʻliq.
8 nomdagi mahsulotning eng past narxlari oʻzgarishsiz qolgan. Bular – bugʻdoy uni, guruch, makaron, oqbosh karam, olma, tovuq goʻshti (file), sut va shakar.