Toshkentda oʻrtacha taʼmirlangan uylar ijarasi arzonlashib bormoqda
Biroq toʻliq taʼmirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun ijara qimmatlagan.

Poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.
Poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar ijara narxlari 2024 yilning noyabr oyidan beri arzonlab kelmoqda.
Biroq toʻliq taʼmirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlarida koʻtarilish kuzatildi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi
2025 yilning fevral oyida oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari oʻtgan yilning oktabr oyidan beri sezilarli arzonladi:
- 1 xonali: $323 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($331) nisbatan -2.4%);
- 2 xonali: $393 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($414) nisbatan -5.2%);
- 3 xonali: $480 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($494) nisbatan -2.9%);
- 4 xonali: $545 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($623) nisbatan -12.5%).
Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali - $297, 2 xonali – $366, 3 xonali – $415, 4 xonali - $423);
- Olmazor tumani (1 xonali – $288, 2 xonali – $351, 3 xonali – $417, 4 xonali – $488).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $347, 2 xonali – $462, 3 xonali – $568, 4 xonali – $694);
- Yakkasaroy tumani (1 xonali – $383, 2 xonali – $511, 3 xonali – $646, 4 xonali – $675).
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi
Mazkur davrda toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari oʻtgan yilning oktabr oyidagiga nisbatan quyidagicha oʻzgardi:
- 1 xonali: $420 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($422) nisbatan -0.6%);
- 2 xonali: $592 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($600) nisbatan -1.1%);
- 3 xonali: $857 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($834) nisbatan +2.8%);
- 4 xonali: $1160 (oʻtgan yilning oktabr oyiga ($1118) nisbatan +3.8%).
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali – $323, 2 xonali – $417, 3 xonali – $517, 4 xonali – $639);
- Uchtepa tumani (1 xonali – $377, 2 xonali – $436, 3 xonali – $560, 4 xonali – $586).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod tumani (1 xonali – $485, 2 xonali – $746, 3 xonali – $1051, 4 xonali – $1344);
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $515, 2 xonali – $748, 3 xonali – $1094, 4 xonali – $1462).