8 mlrd soʻmlik kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aniqlandi
Ushbu moddalar 100 ming insonni zaharlashi mumkin edi.

Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 8 mlrd soʻmlik 20 kg kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning tarqalishi oldi olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur moddalar muqaddam sudlangan 1994 yil tugʻilgan D. va 1998 yildan tugʻilgan F. ismli shaxslar tomonidan Boʻstonliq tumanida sotilayotgan vaqtida aniqlangan.
Daliliy ashyo sifatida olingan kuchli taʼsir qiluvchi dorilarning narxi 8 mlrd soʻmga baholangan.
Poytaxt IIBB maʼlumotiga koʻra, 100 ming insonni zaharlashi mumkin boʻlgan.
Ayni paytda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-moddasi (giyohvand moddalar va ularning analoglarini tarqatish) va 246-modda 1-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.