platina.uz
Jamiyat

Ortga qadam: tezlik chegarasi 10 km.gacha oshirilishi kutilyapti

2023 yilda soatiga 70 km harakatlanish oʻrniga 60 km/s etib belgilangandi. Endi mantiqan yana shuni 70 km/s qilib tenglashtirishmoqchi.

Ortga qadam: tezlik chegarasi 10 km.gacha oshirilishi kutilyapti

Hukumat radarlar qayd etgan koʻrsatkichdan chegirib tashlanadigan 5 km/soat tezlikni 10 km/soatgacha oshirish haqidagi qonun loyihasini parlamentga kiritgan.

“Qonun loyihasi orqali tezlik bilan bogʻliq qoidabuzarliklar boʻyicha radar va spidometrlar koʻrsatkichlari xatolaridan kelib chiqib, qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlangan holda maʼmuriy jazo qoʻllanilishi nazarda tutilmoqda”, – deyilgan qonunchilik palatasi axborotida.

Bu qonun qabul qilinib, kuchga kirsa, tezlik 60 km/soat bilan cheklangan joyda haydovchilarga 65 km/soat tezlik emas, 70 km/soat tezlikdan boshlab jarima qoʻllaniladi.

Eslatib oʻtish kerak, 2023 yildan shaharlar hududida yengil mashinalarning maksimal tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga tushirilgandi. Bu yangilikdan keyin kamera oʻrnatilgan joylarda YTHlar sezilarli kamaygan.

Har yili 2200 dan ortiq odam YTH qurboni boʻladi. Yana minglab odamlar avtohalokat tufayli mayib-majruh boʻlib qolmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid