platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yoʻllarni taʼmirlash uchun 12 mlrd soʻm ajratiladi

Pul Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan beriladi. 

Toshkentda yoʻllarni taʼmirlash uchun 12 mlrd soʻm ajratiladi

Toshkent shahrida ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 12 mlrd soʻm ajratiladi. Bu haqda hokim Shavkat Umrzoqovning 2025 yil 14 martdagi qarorida maʼlum qilindi.

Mablagʻ Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalariga ajratiladi.

Shahar hokimi oʻrinbosari B.Rahmonov va tumanlar hokimlari mablagʻlarning sarflanishini nazorat qilib boradi.

Qaror ilovasida koʻrsatilishicha, poytaxtdagi 12 ta tumanga 1 mlrd soʻmdan ajratiladi.

Qaror ijrosini nazorat qilish Shavkat Umrzoqovning birinchi oʻrinbosari B.Haydarov zimmasiga yuklangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid