platina.uz

AQSh va Daniya oʻrtasida urush chiqishi mumkin - siyosatchi

Donald Tramp NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda yana Grenlandiya masalasini koʻtargandi. Daniya parlamenti vakili bunga keskin javob qaytardi. 

Jahon
14-mart, 15:55
AQSh va Daniya oʻrtasida urush chiqishi mumkin - siyosatchi

AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyaga daʼvolari Kopengagen va Vashington oʻrtasida urushga olib kelishi mumkin.

Bu haqda Daniya Folketing (parlament) mudofaa qoʻmitasi rahbari Rasmus Yarlov gapirdi. U Trampning orol tez orada AQSh mulkiga aylanishi haqidagi bayonotiga shunday izoh berdi.

Tramp NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda yana Grenlandiya masalasini koʻtargandi.

"Biz NATO Bosh kotibining Tramp bilan Grenlandiya haqidagi hazillarini maʼqullamaymiz. Bu NATOning ikki davlati oʻrtasida urush boʻlishini anglatadi”, deb yozgan Yarlov X ijtimoiy tarmogʻida.

Siyosatchi Grenlandiyada boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalarini ham esladi. 12 mart kungi ovoz berish natijalariga koʻra, muxolifatdagi “Demokratlar” partiyasi gʻalaba qozongan. Ular orolning Daniyadan mustaqil boʻlishini qoʻllab-quvvatlasa-da, partiya yetakchilari AQShGA qoʻshilishga qarshi, deydi Rasmus Jarlov.

Donald Tramp Grenlandiyaning AQSh tarkibiga kirishi istagini bir necha bor bildirgan. 5 mart kuni Kongressdagi nutqida u Vashington orolni “bu yoki bu tarzda” egallab olishiga ishontirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+