YeChL chorak finalining barcha juftliklari maʼlum boʻldi
PSJ va "Real Madrid" penaltilar seriyasida keyingi bosqichga yoʻl oldi.

Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final uchrashuvlari yakunlanda va chorak finalning barcha juftliklari maʼlum boʻldi.
PSJ va "Real Madrid" jamoalari umumiy natijalarga koʻra asosiy vaqtlarni durang bilan yakunladi va penaltilar seriyasidan keyingina chorak finalga yoʻl oldi.
"Barselona", "Bavariya", "Arsenal" va "Aston Villa" chorak finalga oʻtishda qiynalmadi deyish mumkin.
YeChL, 1/8 final natijalari
Barselona - Benfika - 3:1 (1:0)
Liverpul - PSJ - 0:1 (pen. 1:4) (1:0)
Bayer - Bavariya - 0:2 (0:3)
Inter - Feyenoord - 2:1 (2:0)
Lill - Borussiya D. - 1:2 (1:1)
Atletiko - Real Madrid - 1:0 (pen. 2:4) (0:1)
Arsenal - PSV - 2:2 (7:1)
Aston Villa - Bryugge - 3:0 (3:1)
Chorak final juftliklari
Arsenal - Real Madrid
Barselona - Borussiya D.
Bavariya - Inter
PSJ - Aston Villa
Chorak finalning dastlabki oʻyinlari 8-9 aprel, javob oʻyinlari esa 15-16 aprel kunlari boʻlib oʻtadi.