platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi omborda katta miqdorda muddati oʻtgan ichimliklar aniqlandi

Ularning yaroqlilik muddati maxsus suyuqlik yordamida oʻzgartirilib, sotuvga chiqarish uchun tayyorlab qoʻyilgan. 

Toshkentdagi omborda katta miqdorda muddati oʻtgan ichimliklar aniqlandi

Toshkent shahrida yaroqlilik muddati oʻtgan katta miqdordagi ichimlik mahsulotlari aniqlandi

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning savdoga chiqarilishining oldini olish maqsadida DXX xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, Toshkent shahrida spirtli va salqin ichimliklar savdosi bilan shugʻullanuvchi 2 ta xususiy korxonaning Yashnobod tumanida joylashgan omborida katta qismining yaroqlilik muddati oʻtgan, umumiy qiymati 429 mln. 629 ming soʻmlik 79.172 dona salqin ichimliklar hamda 134 mln. 845 ming soʻmlik 3.374 dona spirtli ichimliklar saqlanayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, omborda kirim hujjatlariga ega boʻlmagan, qiymati 1 mlrd. 187 mln. soʻmlik, mahalliy va xorijdan keltirilgan 25.746 dona turli xil spirtli ichimliklar mavjudligi ham aniqlandi.

Tekshiruv davomida salqin ichimliklarning asosiy qismining yaroqlilik muddati maxsus suyuqlik yordamida oʻzgartirilib, sotuvga chiqarish uchun tayyorlab qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.

Oʻz navbatida, yaroqlilik muddati oʻtgan va kirim hujjatlariga ega boʻlmagan ichimliklar sifatini tekshirish yuzasidan ekspertiza tayinlandi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid