platina.uz

Shavkat Mirziyoyev Parijda rasmiy kutib olindi

Mamlakat yetakchisini Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kutib oldi.

Siyosat
12-mart, 20:38
Shavkat Mirziyoyev Parijda rasmiy kutib olindi

Bugun, 12 mart kuni Parijdagi Faxriylar uyida Fransiya Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Mamlakat yetakchisini Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kutib oldi.

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qoʻshinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Gvardiyachilar davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib oʻtdi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar va rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Soʻng davlatimiz rahbari otliq gvardiyachilar va mototsiklchilar hamrohligida oliy darajada muzokara oʻtkazish uchun Fransiya Prezidentining qarorgohi - Yelisey saroyiga yoʻl oldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+