Zelenskiy Oq Uydagi janjal sabab Trampdan uzr soʻradi
Bu haqda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff maʼlum qildi. Zelenskiy AQSh rahbariga xat yozgan.

Oq uydagi janjaldan keyin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh rahbari Donald Trampdan kechirim soʻradi.
Bu haqda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff aytdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina prezidenti Donald Trampga maktub yoʻllagan va “bu muhim qadam boʻldi”, deya maʼlum qildi Fox News.
"Bizning jamoalarimiz, ukrainaliklar va yevropaliklar oʻrtasida koʻplab muhokamalar boʻlib oʻtdi, ular ham ushbu muhokamaga tegishli. Va men buni taraqqiyot deb atamoqchiman. Umid qilamanki, kelishuvga erishiladi”, - dedi Stiv Uitkoff.
Zelenskiyning fevral oyi oxirida Vashingtonda Tramp bilan uchrashuvi kelishmovchilik bilan yakunlangan edi. Ukraina prezidenti Oq uyni rejalashtirilganidan erta tark etdi va noyob tuproq metallari boʻyicha kelishuv imzolanishi ham bekor qilindi.
10 mart kuni Zelenskiy valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashish uchun Saudiya Arabistoniga keldi.
11 mart kuni Ukraina va AQSh oʻrtasida Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish boʻyicha yangi muzokaralar boʻlib oʻtadi.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Saudiya Arabistonida ukrainaliklar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv natijalari AQShGA “yoqsa” boʻlsa, Amerikaning Kiyevga harbiy yordami qayta tiklanishini aytdi: “Oʻylaymanki, agar u yerda bizga yoqadigan va prezidentga hisobot beradigan yaxshi uchrashuv boʻlsa, menimcha, pauza (harbiy yordam) boʻyicha qarorlar qabul qilinadi”, dedi Rubio.
Davlat kotibi, shuningdek, Qoʻshma Shtatlar hali ham tabiiy resurslar boʻyicha bitim tuzishga umid qilayotganini, ammo uning tafsilotlari toʻliq ishlab chiqilmaganini taʼkidladi.