platina.uz
Jamiyat

​Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

Aeroport uchish-qoʻnish yoʻlagida kapital taʼmirlash ishlari olib boriladi. 

​Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

​Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi.

2025 yil 13 mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 2025 yil 25 mart 05:00 gacha Shahrisabz aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagida kapital taʼmirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Uchish-qoʻnish yoʻlagining uzoq muddat - 1983 yildan beri ishlatilishi munosabati bilan hamda havo kemalarining qoʻnishi va uchishi xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng kapital qurilish va taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Xususan, 1554 m uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi yuzasini almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, yurish yoʻlagining ustki qatlami ham taʼmirlanadi.

Tanlov natijalariga koʻra, qurilish-taʼmirlash ishlarini “Fargʻona yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasi” olib boradi.

Shu paytgacha Shahrisabz aeroportida samolyotlarni qabul qilish imkoniyati cheklangan edi – parvozlar haftasiga ikki marta kichik L-410 samolyotlarida amalga oshirilardi.

Uchish-qoʻnish yoʻlagi taʼmirlangandan soʻng aeroport oʻrta masofaga moʻljallangan zamonaviy ATR-72 samolyotlarini haftasiga uch martagacha qabul qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid