platina.uz
Jamiyat

Samarqanddagi tarixiy inshootlarga 46,8 mlrd soʻmlik zarar yetkazildi

XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid buzib tashlangan. 

Samarqanddagi tarixiy inshootlarga 46,8 mlrd soʻmlik zarar yetkazildi

Samarqanddagi tarixiy masjidlarga 46,8 mlrd soʻmlik zarar yetkazildi.

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.

Tadbir davomida Samarqand viloyatidagi XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlanganligi hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz taʼmirlanganligi oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Xususan, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilgan, yodgorlikka 19,6 mlrd zarar keltirilgan.

Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji Oʻrinboy” masjidlari buzilib, 17 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz taʼmirlanganligi natijasida 10,2 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid