Ayubxon Rahmatullayev ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi
Migratsiya va personallashtirish departamentiga ham rahbar tayinlandi.
Jamiyat
11-mart, 18:25

Oʻzbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan polkovnik Ayubxon Toshxoʻjayevich Rahmatullayev Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
U avval Andijon viloyati IIB boshligʻi lavozimini egallab kelgan.
Avval bu lavozimda Shavkat Rahmonov ishlagandi.
Prezidentning tegishli farmoyishi bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulugʻbek Shuxratovich Tashxodjayev tayinlandi.