platina.uz

Andijonda yettita hokim ogohlantirildi

Ularning ijro intizomi boʻyicha masʼul boʻlgan oʻrinbosarlariga esa hayfsan intizomiy jazosi berilgan. 

Jamiyat
11-mart, 14:38
Andijonda yettita hokim ogohlantirildi

Andijon shahar, Izboskan, Asaka, Xoʻjaobod, Shahrixon, Paxtaobod va Andijon tumanlari hokimlari ogohlantirildi. Ularning ijro intizomi boʻyicha masʼul boʻlgan oʻrinbosarlariga hayfsan intizomiy jazosi berildi.

Bu haqda Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarorida aytiladi.

Qaror viloyat Xalq qabulxonasi mudiri M.Xoʻjamberdiyevning murojaatlar bilan ishlashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar boʻyicha axboroti boʻyicha chiqarilgan. 2024 yilda prezident qabulxonasi va boshqa idoralarga 91 mingdan oshiq murojaat kelib tushgan. Ularning 642 tasida muddatlar buzilgan.

Ayniqsa, Andijon shahar (70 ta) Izboskan tuman hokimiyati (33 ta), Asaka (23 ta), Xoʻjaobod tumani hokimiyati (17 ta), Shahrixon (17 ta), Paxtaobod (14 ta) va Andijon tumani hokimiyati (11 ta) tomonidan muddatlar koʻp buzilgan.

Kengash qaroriga koʻra hokim oʻrinbosarlarida tashqari, Mahallalar uyushmasi Andijon shahar, Asaka, Baliqchi tumanlarining boʻlimlari
rahbarlariga, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining ijro intizomi boʻyicha masʼul boʻlgan oʻrinbosariga, Asaka, Shahrixon tumani Tibbiyot birlashmalari rahbarlariga, viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻining ijro intizomi boʻyicha masʼul boʻlgan oʻrinbosariga hamda Andijon shahar boʻlimi rahbariga ham chora koʻrilishi belgilangan.

Viloyat prokuraturasi (M.Abduxakimov), Sogʻliqni saqlash boshqarmasi
(Sh.Mamajonov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi (A.Axmadaliyev),
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (S.Yusupov), Mahalla uyushmasi viloyat boshqarmasi
(M.Nishanov), Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (D.Isomiddinov),
Andijon shahar, Izboskan, Asaka, Xoʻjaobod, Shahrixon, Paxtaobod, Andijon tumani
hokimlari muddatlar buzilishiga yoʻl qoʻyganliklari sababli uchun ogohlantirildi.

Ularga muammoni oʻrganib, hal etish topshirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+