platina.uz
Jamiyat

Prezident Fransiyaga tashrif buyuradi

Kun tartibidan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.

Prezident Fransiyaga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif doirasida Parij shahrida oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Boʻlajak muloqotlar kun tartibidan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va korxonalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor eʼtibor qaratiladi.

Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo bitimlar toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari YuNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni joriy yilning kuzida Samarqand shahrida oʻtkazishning amaliy jihatlarini muhokama qiladi.

Boʻlajak tashrif arafasida koʻplab tadbirlar oʻtkazilayotganini taʼkidlash joiz.

Xususan, 1 mart kuni Grets-Armenvil shahridagi "Uranoskop" observatoriyasi hududida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy siymosi aks etgan yodgorlik ochildi.

Shu kunlarda Parij shahrida sogʻliqni saqlash, fan va taʼlim, madaniyat, turizm va biznes sohalarida forum va anjumanlar oʻtkazilmoqda. Tuluza, Lion va Nitssada qoʻshma ishbilarmonlik tadbirlari boʻlib oʻtadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid