"Agrobank" raisi Rustam Mamatqulov ishdan ketdi
Oʻtgan yili u "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangandi.
Jamiyat
10-mart, 8:34

"Agrobank" ATB boshqaruvi raisi Rustam Mamatqulov lavozimidan ketgan.
Bank rasmiy saytining "Rahbariyat" boʻlimida rais nomi oʻzgargan. Ammo bu haqda hozircha hech qayerda rasmiy maʼlumot berilmadi.
Ayni paytda Erkin Qahhorov Agrobank" ATBning yangi raisi etib tayinlangan. U bu paytgacha raisning birinchi oʻrinbosari edi.

Eslatib oʻtish kerak, oʻtgan yili Rustam Mamatqulov "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangandi.