platina.uz

Ekologiya vazirligi muassasasi xodimi tadbirkor bilan katta pulni oʻzlashtirib yubordi

Ular hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan ishlarni goʻyoki bajarilganligi haqidagi soxta maʼlumot va yozuvlarni qasddan kiritishgan. 

Jamiyat
9-mart, 10:30
Ekologiya vazirligi muassasasi xodimi tadbirkor bilan katta pulni oʻzlashtirib yubordi

Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand tuman sudining ochiq sayyor sud majlisida Ekologiya vazirligiga qarashli DM sobiq xodimi va tadbirkor ishi koʻrib chiqildi. Sud ishi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, U.D. Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarish vazirligi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” DMda mutaxassis sifatida ishlagan.

U XX MChJ rahbari, xavfli retsidivist U.N. bilan til biriktirgan. Ular Samarqand tumani, “Yangi agrotexservis” agrofirmasi hududidagi 2,0 gektar yer maydonida “Ekologiya vazirligi bogʻi”ni tashkil etish obʼektning pudratchisi ekanligidan qasddan foydalanishgan.

"Ekologiya vazirligi bogʻi"ni tashkil etish obʼektida amalga oshirilayotgan qurilish obodonlashtirish ishlarida buyurtmachi vakili texnik nazoratchi yaʼni, sudlanuvchi U.D. bilan bir guruh boʻlishib, oʻzlariga ishonib topshirilgan pul mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish haqida oldindan oʻzaro jinoiy til biriktirishgan.Ular 128 holatda 5 turdagi ishlardan 275 mln. 317 ming soʻmlik haqiqatda bajarilmagan ishlarni goʻyoki bajarilganligi haqidagi soxta maʼlumot va yozuvlarni qasddan kiritib, qurilish-obodonlashtirish ishlari hajmi va materiallar sarfiga qoʻshib yozib, hujjatlarni qalbakilashtirib, pullarni oʻzlashtirishgan.

Har ikkala ayblanuvchi sud majlisida aybiga toʻliq iqrorlik bildirdi.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, U.N.Ga har oylik ish haqidan 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

U.D.ga esa uzil-kesil 1 yil 6 oy yil muddatga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarish vazirlgi tizimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, har oylik ish haqidan 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil 1 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Ish boʻyicha yetkazilgan zarar toʻliq qoplangan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+