Ukraina Kursk viloyatini ikki hafta ichida tark etishi mumkin
Bu haqda ukrainalik rasmiylarga asoslanib AQSh nashri xabar bergan.

Ukraina kuchlari ikki hafta ichida Rossiyaning Kursk viloyatini tark etishi mumkin.
7 mart kuni Rossiya qoʻshinlari Kursk viloyatining Sudja shahri yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining mudofaa chizigʻini yorib oʻtdi, shu sababli Ukrainaning Kursk viloyatiga yetti oylik mudofaasi “qulash arafasida”, deb yozadi The New York Post.
Unga koʻra, Ukraina qurolli kuchlari ikki hafta ichida Rossiya hududini tark etishi mumkin.
Nashr Ukraina rasmiylariga asoslanib xabar bergan. Ularning fikricha, harbiy xizmatchilarning Kursk viloyatidan olib chiqilishi “mintaqaga kirish va chiqishni cheklash” bilan oqlanishi mumkin.
Kurskda joylashgan baʼzi ukrainalik askarlar Rossiya hududi ustidan nazoratni saqlab qolish uchun olib borilgan kurashni "siyosiy" deb hisoblaydilar va operatsiya "oʻz vaqtidan koʻra koʻproq qurbonlarga olib kelishini" qayd etishadi.
Kursk viloyatida Ukraina qurolli kuchlari bilan janglar 2024 yil 6 avgustdan beri davom etmoqda. 2025 yil yanvar oyida Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasi qariyb 801 kvadrat kilometr hududni qayta nazoratga olgani haqida xabar berdi.
Bu dastlab bosib olingan hududlarning 63 foizini tashkil etadi.
Fevral oyida prezident Vladimir Putin rossiyalik harbiy xizmatchilar Kursk viloyatidagi davlat chegarasini kesib oʻtib, Ukraina hududiga kirganini maʼlum qilgan edi.