Chiqindidan qarzdorlarning tokka toʻlov qilishi cheklanadi
Bu haqdagi qonun imzolandi, endi u 3 oydan keyin kuchga kiradi.

Chiqindidan qarzdorlarni tokka toʻlov qilishi cheklanadi. Bu haqda chiqindi sohasidagi toʻlov intizomi boʻyicha qonunda maʼlum qilingan.
Qonunning 4-moddasida aytilishicha, maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatidan qarzdor boʻlganlar elektrga toʻlov qilishda cheklov qoʻyilishi boʻyicha SMS orqali ogohlantiriladi.
Bunda ularga besh kun vaqt beriladi.
Qarzdor oʻz majburiyatini bajargach, cheklov avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Ekologiya va Energetika vazirliklari ushbu qonun talablarini xalqqa tushuntirishda masʼul etib belgilangan.
Ushbu qoidalar 3 oydan soʻng kuchga kiradi.