platina.uz
Jahon

Suriyada Bashar Asad tarafdorlari bilan toʻqnashuvlarda 13 nafar xavfsizlik xodimi halok boʻldi

Ular Jebla shahri va Latakiya viloyatining turli tumanlarida bir necha hujum uyushtirgan. 

Suriyada Bashar Asad tarafdorlari bilan toʻqnashuvlarda 13 nafar xavfsizlik xodimi halok boʻldi

Suriyaning yangi hukumati xavfsizlik xizmatining kamida 13 nafar xodimi sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlari bilan toʻqnashuvlarda halok boʻldi.

Ular Jebla shahri va Latakiyaning turli tumanlarida bir necha hujum uyushtirgan, deya xabar bermoqda Suriya telekanallari. Jebla yaqinida Rossiyaning Xmeymim aviabazasi joylashgan.

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, Jebladagi dengiz kolleji yaqinida shiddatli toʻqnashuvlar davom etmoqda. Latakiya yaqinidagi toʻqnashuvlarga Suriya armiyasining vertolyotlari va samolyotlari yuborildi. Suriya Mudofaa vazirligidagi manbaning bildirishicha, departament ham u yerga qurolli kuchlarni yuborishni buyurgan.

Latakiya Xavfsizlik Bosh direktori Mustafo Knefati Sanaga Asad tarafdorlari guruhlari Jebla hududi va atrofidagi bir qancha nazorat punktlari hamda patrullarga hujum qilganini tasdiqladi.

U "koʻplab askarlar" halok boʻlganini va yaralanganini aytdi, lekin u aniq raqam aytmadi.

2024 yil 8 dekabrda “Hayat Tahrir ash-Sham” guruhi Suriyada hokimiyatni qoʻlga kiritdi. Suriya prezidenti Bashar Asad isteʼfoga chiqdi va oilasi bilan Rossiyaga qochib ketdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid