platina.uz
Jahon

Qozogʻistonda nomaʼlum shaxs aeroport xodimini garovga oldi

Mazkur hodisadan prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev ham boxabar qilingan. 

Qozogʻistonda nomaʼlum shaxs aeroport xodimini garovga oldi

Qozogʻistonda nomaʼlum shaxs aeroport xodimini garovga oldi.

Qozogʻistonning Olmaota shahridagi xalqaro aeroport hududida nomaʼlum shaxs aeroport xodimini garovga olib, pichoq bilan tahdid qildi.

Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Orda.kz nashrining ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan 11:45da ichki reyslar terminalida sodir boʻlgan. Guvohlarga koʻra, tajovuzkor erkak hujjatlarni koʻrsatishni soʻragach, aeroport vakiliga hujum qilgan.

Yetti daqiqadan soʻng, erkak politsiya boʻlimi va aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan qurolsizlantirildi.

Ayni paytda erkak qoʻlga olingan va politsiya boʻlimida.

Maʼlumotlarga koʻra, Musa Abdraim ismli shaxs garovga olingan aeroport xodimni qutqargan.

Mazkur hodisa Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevgacha yetib borgan. Prezident xodimni qutqargan shaxsni mukofotni taqdim etishni gapirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid