platina.uz
Jamiyat

"Qamchiq" dovonida minglab odamlar qorda qolib ketdi

Ular uchun Angren - Qoʻqon yoʻnalishida vaqtincha bepul poyezd harakati yoʻlga qoʻyildi.

"Qamchiq" dovonida minglab odamlar qorda qolib ketdi

Bugun ertalabdan yoqqan kuchli qor tufayli "Qamchiq" dovoni yopildi, minglab odamlar qorda qolib ketdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari noqulay ahvolga tushib qolgan haydovchilarga yordam koʻrsatmoqda. Yoʻlovchilar uchun FVV tomonidan isinish maskanlari tashkil etilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari jarayonni muvofiqlashtirib borayotgani aytilgan. Shuningdek, Angren shahrida joylashgan 19 ta oshxona, 4 ta mehmonxonaga 790 nafar erkak, 130 nafar ayol va 38 nafar bolalar vaqtincha joylashtirilgan.

Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonida qor yogʻishda davom etmoqda. FVV, YPX va "Qamchiqavtoyoʻl" IYFUK xodimlari hamkorligida yoʻlni qordan tozalash, muzlamalar hosil boʻlishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yoʻlda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam koʻrsatilmoqda.

Qorda qolib ketgan odamlar uchun Angren - Qoʻqon yoʻnalishida vaqtincha bepul poyezd harakati ham yoʻlga qoʻyildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid