Bosh vazir xizmat avtomobili sifatida Malibu’dan foydalanayotgani aytilmoqda
Shavkat Mirziyoyev rahbarlar xorijiy xizmat mashinasida yurishni keskin qisqartirib, milliy avtomobilga oʻtishi zarurligini aytgandi.
Siyosat
7-mart, 22:21

5 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning kengaytirilgan yigʻilishida rahbarlar xizmat xorijiy mashinasida yurishni keskin qisqartirib, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobilga oʻtishi zarurligini qayd etgandi.
7 mart kuni Bosh vazir raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida esa barcha rahbarlarga ushbu topshiriq ijrosini soʻzsiz bajarish yuklatilgan.
Darvoqe, davlat rahbarining mazkur topshirigʻidan soʻng, shu kundan boshlab Bosh vazir Abdulla Aripov xizmat avtomobili sifatida Malibu’dan foydalanishga oʻtgani aytilmoqda.