platina.uz

Bir necha bank va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Ular reklama boʻyicha qonun talablarini buzgani aytilmoqda. 

Iqtisod
7-mart, 11:20
Bir necha bank va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Ikki bank va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.

Raqobat qoʻmitasi oʻz vakolati doirasida ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, bosma nashrlar, internet va ijtimoiy tarmoqlar) joylashtirilayotgan reklama axborotlarining reklama hamda isteʼmolchilarning huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan oʻrganish va tahlil ishlari olib bormoqda.

Jumladan, oʻtkazilgan monitoringlar davomida “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan:

-“TENGE BANK” ATB;

-“AGROBANK” ATB;

-“IPOTEKA XIZMATI GROUP” MChJ;

-"TASFINANCE MIKROMOLIYA TASHKILOTI" MChJ XKga nisbatan Koʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan ishlar qoʻzgʻatildi.

Qoʻzgʻatilgan ishlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilgandan soʻng yakunlari yuzasidan qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+