Xususiy taʼlim muassasalariga litsenziya berishda talab kuchaytiriladi
Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova gapirdi.

Xususiy taʼlim muassasalariga litsenziya berishda talab kuchaytiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova maʼlum qildi.
Vazir tizim yigʻilishida bu haqda gapirgan.
"Taʼlim davlat yoki xususiy sektorda boʻlishi mumkin, lekin har qanday holatda bu bolalar bizning farzandlarimiz hisoblanadi, shuni yodda saqlashingizni soʻrayman.
Bu siyosatni toʻgʻri tushunmagan, bunga amal qilmagan har qanday xodim tizimdan butunlay chetlatiladi, har qanday tadbirkor bilan hamkorlikni toʻxtatishga majbur boʻlamiz.
Litsenziya talablariga hamda oilaviy bogʻchalarning bitimlariga bunday holatlar boʻyicha qatʼiy talablar kiritiladi.
Biz har bir bola oʻzini bogʻchasida erkin, xavfsiz va quvnoq his qilishini, unga barcha sharoitlar yaratilishini xohlaymiz. Har bir bola uchun bogʻchalarda “xavfsiz va qulay muhit” boʻlishini talab qilamiz", dedi vazir.