platina.uz

"Shaxmat oʻynab, prezident bilan uchrashishim mumkin"

Oʻzbekiston yoshlari taniqli shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonovadan ilhomlanib, shunday fikrda yuribdi.

Intervyu
6-mart, 14:04

Elif Ahmedova UzChess Global loyihasi doirasida Oʻzbekistonning eng kuchli shaxmatchilaridan biri Gulruhbegim Tohirjonova bilan ingliz tilida intervyu oldi.

Maʼlumot uchun, UzChess Global loyihasi oʻzbek shaxmatchilarini dunyo boʻylab tanitish bilan shugʻullanadi, shu sabab intervyu ingliz tilida tashkil etilgan.

– Men sizning Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan tushgan suratingizni koʻrdim. Bu unutilmas lahza boʻlsa kerak. Shu uchrashuvda esda qolarli biror narsa boʻldimi?

– Albatta. Bilasizmi, bu vaziyatning har bir jihati ahamiyatli. Bu ajoyib edi. Ular shaxmatga eʼtibor qaratishmoqda, eng muhimi shu, men shuni qadrlayman. Prezidentning oʻzi ham shaxmat va shaxmatchilar haqida qaygʻurmoqda. Oʻzim shunday xulosaga keldim, ha, biz toʻgʻri yoʻldamiz. Bu menga shaxmatchilar Oʻzbekistonda qadrlanayotganini his qildirdi.

Faqat men emas, umid qilamanki, yosh qizlar va umuman yosh avlod bu uchrashuvdan ilhom oladi. Chunki oʻzim ham ilhomlandim. Bu yanada koʻproq oʻynash, oʻz ustimda ishlash istagini beradi, chunki ular menga ishonishmoqda. Umid qilamanki, bu lahzalar yosh avlodni shunday fikrlashga undaydi: “Ha, men shaxmat oʻynab, katta yutuqlarga erishishim, hatto prezident bilan uchrashishim mumkin.” Bu men uchun juda katta ahamiyatga ega.

Intervyuni toʻliq holda yuqorida koʻrishingiz mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+