platina.uz
Jamiyat

Ookla: Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha oxirgi 4 yilda 65 pogʻonaga yuqoriladi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Ookla tashkiloti prezidenti va bosh direktori, Strategiya boʻyicha bosh direktori hamda tashkilotning Shimoliy Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalari boʻyicha savdo direktori bilan uchrashdi. 

Ookla: Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha oxirgi 4 yilda 65 pogʻonaga yuqoriladi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “MWC Barcelona – 2025” Jahon mobil kongressi doirasida “Ookla” tashkiloti prezidenti va bosh direktori Stiven Be, Strategiya boʻyicha bosh direktor Chip Strenj hamda tashkilotning Shimoliy Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalari boʻyicha savdo direktori Viktor Zeng bilan uchrashdi.

Uchrashuvda internet infratuzilmasini rivojlantirish va sifat monitoringini kuchaytirish boʻyicha fikrlar almashildi.

Bundan tashqari, muloqot davomida hududlarda 5G texnologiyalari jarayonlarini jadallashtirish, mobil aloqa operatorlari uchun innovatsion texnologik yechimlarni sinovdan oʻtkazish va ularning xalqaro tajribaga asoslangan holda rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash masalalari ham koʻrib chiqildi.

Uchrashuvda Ookla tashkiloti Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda mobil internet tezligi boʻyicha katta koʻrsatkichlarga erishganini qayd etdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida tashkilot vakillari Speedtest Global Index natijalariga koʻra, 2020 yilda Oʻzbekiston 133-oʻrinni egallagani, 2025 yil yanvar holatiga koʻra, mamlakat ushbu reytingda 68-oʻringa koʻtarilgani, shu tariqa Oʻzbekiston 2020 yildan beri 65 pogʻonaga yuqorilaganini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va oʻzaro hamkorlik loyihalari ustida ishlash masalalarini muhokama qildilar.

Maʼlumot uchun: “Ookla” – global internet tezligini oʻlchash va tahlil qilish bilan shugʻullanadigan yetakchi tashkilot boʻlib, 2006 yilda tashkil etilgan. U Speedtest platformasi orqali butun dunyo boʻylab foydalanuvchilarga internet tezligini tekshirish imkoniyatini beradi.

Tashkilot har oy Speedtest Global Index reytingini yangilab, dunyodagi mobil va simli internet tezliklarini taqqoslab boradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid