Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi
Kadastr agentligi koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi.
"Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida" gi Prezident Farmoni (PF-43-son, 05.03.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Kadastr agentligi huzurida Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi.
Shuningdek, quyidagilar belgilandi:
-Iqtisodiyot va moliya vazirligi – koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib;
-Kadastr agentligi – koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ etib;
-Milliy markaz – koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib.
Ommaviy baholash tizimini normativ-huquqiy va uslubiy jihatdan taʼminlash uchun “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti” belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
2026 yil oxirigacha Toshkent shahridagi eksperiment natijalari, ilgʻor xorijiy tajriba hamda xalqaro ekspertlarning xulosalari va tavsiyalari asosida “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
2025 yil 1 noyabrgacha koʻchmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotiga asosan quyidagilar ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi:
-“Koʻchmas mulk bozori monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi.