platina.uz
Jamiyat

Ikki hududda Milliy gvardiya mansabdorlari qoʻlga olindi

Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi Olmazor tumani boʻlimi otryad komandiri 5500 dollar olayotganda ushlandi. 

Ikki hududda Milliy gvardiya mansabdorlari qoʻlga olindi

Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bogʻliq noqonuniy holatlarga chek qoʻyildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qonunbuzilish holatlari fosh etildi.

Jumladan, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi Olmazor tumani boʻlimi otryad komandiri katta leytenat T.A. 1980 y.t. fuqaroning ishonchiga kirgan.

U yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali uning tanishini Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qoʻyish evaziga M.Ulugʻbek tumanidagi "Ekobozor" savdo majmuasi avtoturargohida 5500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy gvardiyaning Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga qarashli sogʻlomlashtirish oromgohi rahbari podpolkovnik A.R. xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1989 y.t. fuqaroni ishonchiga kirgan. U oʻzining vakolatli tanishlari yordamida uni Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatidagi qoʻriqlash boʻlinmalaridan biriga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid