Abduqodir Husanov eng yaxshi oʻyinchi boʻldi
U "Manchester Siti" klubining fevral oyidagi sermahsul futbolchisi ekanini isbotlay oldi.
Sport
6-mart, 22:03

Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov fevral oyining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
Fevralda Husanov "Siti" safida 4 marta maydonga tushdi va kubok oʻyinida bitta gol ham urdi. Premer liga doirasida "Nyukasl", "Liverpul" va "Tottenxem"ga qarshi yorqin oʻyin namoyish etdi, deyiladi klub xabarida.
Husanov mazkur sovrinni yutishda Erling Holann va Josko Gvardiolni ortda qoldirdi.