platina.uz
Jamiyat

Prezident sobiq FVV rahbari va uning oʻrinbosarlarini nega ishdan olganini aytdi

Qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yongʻin xavfsizligi boʻyicha byurokratiya va qonun buzilishi koʻpaygani taʼkidlangan. 

Prezident sobiq FVV rahbari va uning oʻrinbosarlarini nega ishdan olganini aytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq Favqulodda vaziyatlar vaziri va uning oʻrinbosarlarini nega ishdan olganini aytdi.

Prezident raisligida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish bboʻlib oʻtmoqda.

Korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun avvalo inson omili va qogʻozbozlikni kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilgani aytildi.

Masalan, aholiga yer berish jarayonida fuqarolari hokim va oʻnga yaqin idoralar oʻrtasida sarson boʻlib yurardi. Umuman, bu soha korrupsiya “oʻchogʻi”ga aylangan edi.

Yerni hokim qarori bilan ajratishdan toʻliq voz kechilib, auksion tizimiga oʻtilgani natijasida bu tizim xalqchil boʻldi.

Qurilish sohasi eng korrupsiyalashgan sohalardan biri edi. “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilganidan keyin bu yoʻnalishda ham ijobiy oʻzgarishlar sezilmoqda.

Ilgari investitsiya dasturiga kirgan obʼektlarni quradigan pudratchilar mingtaga ham yetmasdi. Oʻtgan yili 13,5 mingta obʼekt qurilishida 4 mingdan ziyod pudratchi ishtirok etdi. Soha raqamlashgani hisobiga oʻtgan 4 yilda 3,6 trillion soʻm byudjet mablagʻi tejaldi.

Lekin qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yongʻin xavfsizligi boʻyicha byurokratiya va qonun buzilish koʻpayib ketgani uchun oʻtgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qoʻldoshev va uning oʻrinbosarlari ishdan olingan. Uning oʻrniga Botir Qudratxoʻjayev vazir etib tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid