platina.uz
Jamiyat

Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun qabul qilinadi

Prezident mutasaddilarga tez fursatda ushbu qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻyib, 1 aprelgacha kiritishni topshirdi. 

Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun qabul qilinadi

Prezident yigʻilishida yana bir masala – davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti-soati kelgani taʼkidlandi. Bu borada jamoatchilik fikri juda muhimligi qayd etildi.

Mutasaddilarga tez fursatda ushbu qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻyib, 1 aprelgacha kiritish topshirildi.

Noqonuniy boylik orttirish uchun javobgarlik masalasini ham oʻylab koʻrish zarurligi taʼkidlandi.

Qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqida modda kiritish taklif qilindi. Yaʼni, davlat xizmatchisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlashi kerak boʻladi.

Prezident Milliy kengashni, parlamentning korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitalarini bu borada xalqaro andozalarga mos takliflar ishlab chiqishga chaqirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid