Davlat ipoteka krediti foizlari pasaydi
Ushbu kredit foiz stavkasi – Markaziy bank asosiy stavkasi +6 foiz qilib belgilandi.
Iqtisod
5-mart, 19:02

Davlat ipoteka krediti foizi pasaydi.
Prezident farmoni bilan Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablagʻlari asosida ajratilayotgan ipoteka kreditlarining foiz stavkasi tushirildi.

Endilikda, ushbu kredit foiz stavkasi – Markaziy bank asosiy stavkasi +6 foiz qilib belgilandi (avvval asosiy stavka +8 foiz edi).
Bugungi kunda bu 19,5 foizga teng boʻladi.