platina.uz
Jahon

Yevropa Ittifoqi 800 mlrd yevroga qayta qurollanish dasturini amalga oshirmoqchi

YeI mamlakatlari uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari va Ukraina uchun qurol-yarogʻ ishlab chiqarish uchun 150 milliard yevro kredit jalb etiladi. 

Yevropa Ittifoqi 800 mlrd yevroga qayta qurollanish dasturini amalga oshirmoqchi

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqini 800 milliard yevroga qayta qurollantirish rejasini taklif qildi. U bu haqda matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Anjuman translyatsiyasi fon der Lyayenning X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida mavjud.

"Yevropa Ittifoqining qayta qurollanish rejasi xavfsiz va mustahkam Yevropa uchun mudofaa xarajatlariga 800 milliard yevro sarflashni nazarda tutadi" dedi u.

Fon der Lyayenning soʻzlariga koʻra, Yevrokomissiya YeI mamlakatlari uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari va Ukraina uchun qurol-yarogʻ ishlab chiqarish uchun 150 milliard yevro kredit jalb qilmoqchi.

Fevral oyi oxirida Financial Times gazetasi yevropalik rasmiylarga tayanib, YeI davlatlari Yevropa qurollanish banki va umumevropa mudofaasini moliyalashtirish fondini yaratish masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yoxannesburgdagi G20 yigʻilishida Yevropa mamlakatlari moliya vazirliklari rahbarlari Buyuk Britaniya ishtirokida qayta qurollanish banki yoki umumiy fond yaratish masalasini muhokama qilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid